Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-jild 06-son (2026) · 69-72-betlar
YASHIL BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITI BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR VA ULARDAN RESPUBLIKAMIZDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Menglikulov Baxtiyor Yusupovich
Annotatsiya
Maqolada yashil buxgalteriya hisobi va auditi tizimining nazariy asoslari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda ularni O‘zbekiston amaliyotida qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar, xalqaro standartlar va xorijiy amaliyotlar tahlil qilinib, yashil hisob va auditning korxonalar faoliyati samaradorligi, ekologik mas’uliyat va barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda yashil buxgalteriya hisobi va auditini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, xalqaro hisobot standartlarini joriy etish hamda ekologik xarajatlar hisobini alohida yuritish zarurligi asoslangan.
yashil buxgalteriya, yashil audit, ekologik xarajatlar, barqaror rivojlanish, ESG, ekologik hisobot, xalqaro tajriba.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.