Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Volume 6 Issue 06 (2026) · pp. 93-100
EKSPORT FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNING TASNIFI
Abdulatifova Moxinur Alisher qizi
Abstract
Maqolada eksport faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarning iqtisodiy mohiyati, ularning hududiy eksport rivojlanishidagi o‘rni hamda tasniflanish yondashuvlari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Globallashuv jarayonlarining jadallashuvi eksport faoliyatining raqobatbardoshligini ta’minlovchi omillar tizimini chuqur o‘rganishni talab etmoqda. Tadqiqot davomida eksport faoliyatiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, institutsional, investitsion, innovatsion, logistika va tashqi iqtisodiy omillar xorijiy hamda mahalliy ilmiy manbalar asosida tizimlashtirildi. Mavjud ilmiy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinib, hududiy eksport salohiyatining shakllanishida ishlab chiqarish resurslari, transport-kommunikatsiya infratuzilmasi, inson kapitali va investitsion muhitning ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijasida eksport faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarning mualliflik tasnifi ishlab chiqildi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi konseptual jihatdan yoritildi. Olingan natijalar mintaqalarda eksportni rivojlantirish strategiyalarini takomillashtirish va hududiy raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi.
eksport faoliyati, eksport salohiyati, eksport omillari, hududiy rivojlanish, investitsion muhit, logistika infratuzilmasi, raqobatbardoshlik, innovatsion omillar, institutsional omillar, tashqi savdo, mintaqaviy iqtisodiyot, eksport diversifikatsiyasi
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.