Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Том 6 № 06 (2026) · с. 148-158
AQSH VA YEVROPA ITTIFOQIDA KREDIT RISKINI BOSHQARISH HAMDA BANK NAZORATI TIZIMINING QIYOSIY TAHLILI
Ismatov Nodirjon Raximdjanovich
Аннотация
Ushbu maqolada AQSH va Yevropa Ittifoqida (YeI) kredit riskini boshqarish hamda bank nazorati amaliyotining qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqotda AQSH Federal Zaxira Tizimi (Fed), Valyuta Nazoratchisi Boshqarmasi (OCC) va Federal Depozit Sug‘urtalash Korporatsiyasi (FDIC)ning “ekspert-nazoratchi madaniyati” (examiner culture), shuningdek Yevropa Markaziy Banki (YeMB) huzuridagi Yagona Nazorat Mexanizmi (SSM) doirasidagi Birlashgan Nazorat Guruhlari (JST) va nazorat sharhi jarayoni (SREP) atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, AQSH banklarida sof zarar koeffitsienti 2024-yilda 0,65%, kapital rentabelligi (ROA) - 1,11%, muammoli banklar soni - 66 ta, YeI banklarida esa CET1 koeffitsienti - 15,7%, NPL nisbati - 1,9%, likvidlikni qoplash koeffitsienti (LCR) - 158,5% darajasida qayd etilgan. Ikki tizim o‘rtasidagi madaniy va institutsional farqlar, ularning samaradorligi va kamchiliklari batafsil ko‘rib chiqilgan.
kredit riski, bank nazorati, examiner culture, supervisory dialogue, Federal Reserve, ECB, SSM, SREP, CCAR, DFAST, NPL, sof zarar koeffitsienti.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.