Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 06-сан (2026) · 194-199-беттер
TO‘LOV AYLANMASINING MOHIYATINI ANIQLASHDA TO‘LOV VA TO‘LOV OQIMLARINING ROLI
I.F. Sayfiddinov
Аннотация
Maqolada to‘lov aylanmasining iqtisodiy mazmuni to‘lov va to‘lov oqimlari kategoriyalari bilan uzviy bog‘liqlikda tadqiq etiladi. To‘lovning faqat pul mablag‘larini o‘tkazish bilan cheklanmasligi, balki pul va kredit munosabatlarining umumiy shakli sifatida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Tadqiqotda to‘lovlarning gorizontal va vertikal harakatlanish shakllari, tovarli va tovarsiz to‘lovlar, real va ideal to‘lovlar, shuningdek, to‘lov oqimlarining yalpi aylanma va qoldiq o‘zgarishlari orqali ifodalanishi tahlil qilindi. Natijada to‘lov aylanmasi pul aylanmasining oddiy tarkibiy qismi emas, balki tovarlar qiymati, kapitallar va daromadlarning realizatsiya qilinishi, taqsimlanishi va muomalada bo‘lishini ta’minlovchi pul-kredit to‘lov oqimlari o‘zaro bog‘liqligining tashkil etilish shakli sifatida ilmiy jihatdan asoslandi.
to‘lov, to‘lov aylanmasi, to‘lov oqimi, pul aylanmasi, kredit munosabatlari, gorizontal harakat, vertikal harakat, tovarli to‘lov, tovarsiz to‘lov.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.