Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Том 6 № 06 (2026) · с. 214-219
TO‘LOV AYLANMASINING MOHIYATI XUSUSIDA
Ilxom Sayfiddinov
Аннотация
Maqolada to‘lov aylanmasining iqtisodiy mohiyati pul aylanmasi, to‘lov kategoriyasi va to‘lov oqimlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda tadqiq etiladi. An’anaviy adabiyotlarda to‘lov aylanmasi ko‘pincha pulning to‘lov vositasi funksiyasi bilan cheklangan holda talqin qilinishi ko‘rsatiladi. Tadqiqotda to‘lovlarning pulning barcha funksiyalari, kredit instrumentlari, o‘zaro talablarni hisobga olish, veksellar, qimmatli qog‘ozlar va barter shakllari orqali namoyon bo‘lishi asoslanadi. Natijada to‘lov aylanmasi pul aylanmasining oddiy tarkibiy qismi emas, balki tovarlar qiymati, kapitallar va daromadlarning realizatsiya qilinishi, taqsimlanishi va muomalada bo‘lishini ta’minlovchi pul-kredit to‘lov oqimlari o‘zaro bog‘liqligining tashkil etilish shakli sifatida izohlanadi.
to‘lov, to‘lov aylanmasi, pul aylanmasi, to‘lov oqimi, pul funksiyalari, kredit munosabatlari, veksellar, qimmatli qog‘ozlar, barter, iqtisodiy kategoriya.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.