Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-jild 06-son (2026) · 220-225-betlar
AGROFIRMALAR FAOLIYATINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASHDA TIJORAT BANKLARINING ROLI VA STRATEGIK AHAMIYATI
Xakimova Zafar Ibragimovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi hisoblangan qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan agrofirmalar va agrosanoat klasterlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda tijorat banklarining tutgan o‘rni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Agrobank” ATB va boshqa moliya institutlari tomonidan agrar sektorga ajratilayotgan kreditlar dinamikasi tahlil qilingan. Maqolada agrofirmalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirishda bank kreditlarining ahamiyati statistik ma’lumotlar asosida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, sohani moliyalashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar, jumladan, garov ta’minoti, yuqori foiz stavkalari va kredit risklari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolaning tahliliy qismida 2022-2026 yillarga oid prognoz ko‘rsatkichlar va real bank hisobotlari asosida agrar sektordagi moliyaviy o‘sish sur’atlari qiyosiy o‘rganilgan.
agrofirma, tijorat banki, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit portfeli, agrosanoat klasteri, investitsiya, imtiyozli kredit, raqamli bank, iqtisodiy o‘sish, qishloq xo‘jaligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.