Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 06-сан (2026) · 263-270-беттер
DAVLAT SEKTORIDA ICHKI AUDIT FAOLIYATINI NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Xamidova Zarifa Urol qizi
Аннотация
Mazkur maqolada davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit xizmati faoliyati natijalarini umumlashtirish hamda rasmiylashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida ichki audit tadbirlarini amalga oshirishda auditorlik dalillarini to‘plash va hujjatlashtirish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, audit hisobotini tayyorlash, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishning mazmuni va asosiy vazifalari yoritilgan. Ichki auditorlar tomonidan hisobotlarni shakllantirishda uchraydigan muammolar, audit natijalarini umumlashtirishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar hamda xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan zamonaviy audit hisoboti va xulosasi shakllari tahlil qilingan. Tadqiqot yakunida davlat sektorida ichki audit natijalarini rasmiylashtirish, tavsiyalarning bajarilishini monitoring qilish va ichki audit xulosasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
ichki audit, davlat sektori, ichki audit hisoboti, ichki audit xulosasi, auditorlik dalillari, chora-tadbirlar rejasi, ijro nazorati, audit standartlari, monitoring, hisobdorlik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.