Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Ҷилди 6 № 05 (2026) · Саҳифаҳои 299-310
UY-JOY SEKTORINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY METODOLOGIK YONDASHUVLARI
Xatamkulov Bekzod Iskandarbek o'g'li
Аннотатсия
Ushbu maqolada uy-joy sektorini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mazmuni, zarurati va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda uy-joy qurilishi bozori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy qismi ekani, uning aholi farovonligi, bandlik, investitsiya faolligi va hududiy infratuzilma rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Shu bilan birga, qurilish sektorida narxlarning keskin o‘zgarishi, resurslardan samarasiz foydalanish, shaharsozlik me’yorlariga rioya etilmasligi, spekulyativ talabning kuchayishi hamda ijtimoiy tengsizlik kabi muammolar davlat aralashuvining obyektiv zaruratini yuzaga keltirishi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada davlat tartibga solishining asosiy yo‘nalishlari sifatida normativ-huquqiy boshqaruv, soliq va kredit siyosati, subsidiyalar, ipoteka mexanizmlari, yer ajratish tartibi, qurilish standartlari, ekologik talablar va ijtimoiy uy-joy dasturlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlatning tartibga soluvchi roli bozor mexanizmlarini cheklash emas, balki ularning samarali ishlashini ta’minlash, raqobat muhitini yaxshilash va aholining uy-joydan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilishi yoritiladi.
turar-joy ko‘chmas mulki, qurilish sektori, davlat tomonidan tartibga solish, uy-joy siyosati, ipoteka krediti, investitsiya muhiti, shaharsozlik siyosati, qurilish standartlari, ijtimoiy uy-joy, ko‘chmas mulk bozori, subsidiyalar, yer munosabatlari, hududiy rivojlanish, uy-joy ta’minoti, bozor mexanizmlari.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.