Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Том 6 № 07 (2026) · с. 1-6
AHOLI ISH BILAN BANDLIGI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA ULARNING DAROMAD SOLIG‘I TUSHUMLARIGA TA’SIRI TAHLILI
Sabirov Mirza Qilichbayevich
Аннотация
Mazkur maqolada aholi ish bilan bandligi tarkibidagi o‘zgarishlarning daromad solig‘i tushumlariga ta’siri tahlil qilingan. Unda rasmiy va norasmiy bandlik, yollanma mehnat, o‘zini o‘zi band qilish, xizmat ko‘rsatish sohasi hamda kichik biznesda band aholining ulushi o‘zgarishi daromad solig‘i bazasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Shuningdek, bandlik tarkibidagi sifat o‘zgarishlari, ish haqi darajasi, mehnat unumdorligi va soliq ma’murchiligi samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, rasmiy bandlik ulushining ortishi va aholining barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining ko‘payishiga xizmat qiladi.
aholi bandligi, ish bilan bandlik tarkibi, daromad solig‘i, soliq tushumlari, rasmiy bandlik, norasmiy bandlik, mehnat bozori, jismoniy shaxslar daromadi, soliq bazasi, bandlik siyosati.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.