Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Volume 6 Issue 07 (2026) · pp. 44-48
TO'QIMACHILIK SANOATI KORXONALARINING TARMOQ XUSUSIYATLARI VA ULARNING XARAJATLAR HISOBI HAMDA TANNARX SHAKLLANISHIGA TA’SIRI
Jumaniyazov Iskandar Bohodirovich
Abstract
Mazkur maqolada to‘qimachilik tarmog‘i korxonalarining o‘ziga xos ishlab chiqarish xususiyatlari, ularning xarajatlar hisobi tizimiga hamda mahsulot tannarxini shakllantirish jarayoniga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. To‘qimachilik sanoatida xomashyo sarfining yuqori ulushi, ishlab chiqarishning ko‘p bosqichliligi, yarim tayyor mahsulotlar harakati, eksportga yo‘naltirilgan faoliyat va energiya resurslaridan intensiv foydalanish kabi omillar xarajatlarni hisobga olish va tannarxni aniqlash uslubiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv hisobi usullarini joriy etish tannarxning aniqligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
to‘qimachilik tarmog‘i, xarajatlar hisobi, tannarx, ishlab chiqarish xarajatlari, boshqaruv hisobi, xomashyo xarajatlari, kalkulyatsiya.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.