Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 06-нөмір (2026) · 306-313-беттер
SANOAT KLASTERLARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION HAMKORLIKNING OʻRNI
Mamadaliyev Anazxon Ziyodillayevich
Аңдатпа
Mazkur tadqiqotda sanoat klasterlarining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion hamkorlikning oʻrni nazariy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida innovatsion hamkorlik klaster ishtirokchilarining bilim, texnologiya va resurs salohiyatini raqobat ustunligiga aylantiruvchi muhim omil sifatida baholandi. Innovatsion hamkorlik samaradorlik, innovatsion qobiliyat, bozor pozitsiyasi va barqarorlik yoʻnalishlari boʻyicha tizimlashtirildi. Ishda innovatsion hamkorlikning oʻn toʻrt mexanizmi hamda ularning raqobatbardoshlikka qoʻshgan hissasi oʻrganildi. Natijalar klasterlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi alohida aloqalarga emas, balki institutsional asoslar, oʻzaro ishonch va bilim almashinuvining uygʻun tashkil etilishiga bogʻliqligini koʻrsatdi. Tadqiqot rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda innovatsion hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro integratsiyani rivojlantirish uchun amaliy yoʻnalishlarni asoslab berdi.
sanoat klasteri, raqobatbardoshlik, innovatsion hamkorlik, bilim almashinuvi, kooperatsiya, innovatsion tarmoq, bozor pozitsiyasi, mintaqaviy rivojlanish.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.