Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 07-сан (2026) · 57-64-беттер
OZIQ-OVQAT SANOATIDA YUQORI TEXNOLOGIYALI ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISHDA TEXNOLOGIYALAR TRANSFERI MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Tursunov Abduxamid Shokirovich
Аннотация
Mazkur maqolada oziq-ovqat sanoatida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirishda texnologiyalar transferi mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari oʻrganildi. Tadqiqot davomida texnologiyalar transferining zamonaviy konsepsiyalari, innovatsion infratuzilmaning oʻrni hamda korxonalarning texnologik salohiyatini oshirish omillari tahlil qilindi. Milliy va xalqaro tajriba qiyosiy baholanib, transfer jarayonining samaradorligini belgilovchi institutsional hamda tashkiliy mexanizmlar asoslandi. Tadqiqot natijalari texnologiyalar transferini tizimli tashkil etish, ilmiy muassasalar va sanoat korxonalari hamkorligini kuchaytirish hamda innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Taklif etilgan modelning amaliy ahamiyati asoslab berildi.
texnologiyalar transferi, oziq-ovqat sanoati, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat korxonalari, texnologik rivojlanish, innovatsion infratuzilma, raqobatbardoshlik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.