Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 07-нөмір (2026) · 97-116-беттер
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA AKTIVLAR VA PASSIVLARNI BOSHQARISH ASOSIDA LIKVIDLILIKNI TA’MINLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Yangiboev Rustam Berdiyarovich
Аңдатпа
Maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida aktivlar va passivlarni boshqarish asosida likvidlilikni ta’minlash holati baholanib, uni takomillashtirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zmilliybank va «Turonbank»ning 2020-2025 yillarga oid ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. Tahlilda dinamik, tarkibiy, koeffitsient, taqqoslama, korrelyatsion va regression usullar qo‘llanilgan. Tadqiqotda operatsion likvidlilik, tarkibiy moliyalashtirish va valyuta riskini eng zaif ko‘rsatkich tamoyili asosida birlashtiruvchi likvidlilik barqarorligi matritsasi taklif etilgan. Shuningdek, kredit-depozit nisbati bo‘yicha tabaqalashtirilgan limitlar, uzoq muddatli resurslarni kengaytirish, valyuta tafovutini cheklash, depozitlarni diversifikatsiyalash, stress-testlar, favqulodda moliyalashtirish va ichki transfert narxlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari asoslangan.
tijorat banklari, bank likvidliligi, aktivlar va passivlarni boshqarish, likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsienti, sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsienti, kredit-depozit nisbati, barqaror moliyalashtirish, yuqori likvidli aktivlar, valyuta likvidliligi, GAP-tahlil, stress-test, likvidlilik barqarorligi matritsasi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.