Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-tom 08-san (2026) · 9-15-betler
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Jumaniyazova Feruza Rajabovna
Annotaciya
Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning nazariy asoslari tadqiq etilgan. Kapital tuzilmasi, ierarxik moliyalashtirish va agentlik munosabatlari nazariyalari asosida aksiyadorlik jamiyatining moliyalashtirish qarori uch darajali ierarxiya - ichki manbalar, qarz kapitali va jalb qilingan kapital ketma-ketligida shakllanishi asoslab berilgan hamda muallif tomonidan tegishli nazariy model taklif etilgan. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2021-2024-yillar ma’lumotlari asosida asosiy kapitalga investitsiyalar dinamikasi va ularni moliyalashtirish manbalarining tarkibi tahlil qilingan. Tahlil natijalari aksiyadorlik shaklining kapital jalb etish salohiyati amalda to‘liq ishga solinmayotganini, ichki manbalar va tashqi qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nomutanosiblik saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida aksiyadorlik jamiyatlarining kapital bozori orqali moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
aksiyadorlik jamiyati, investitsiya loyihasi, kapital tuzilmasi, ierarxik moliyalashtirish, agentlik xarajatlari, aksiya emissiyasi, korporativ obligatsiya, kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati, dividend siyosati, fond bozori.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.