Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 08-нөмір (2026) · 27-32-беттер
TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI BOSHQARISHNING AMALIY ASOSLARI
Ziyodullayev Sodiqjon Mamadillayevich
Аңдатпа
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidligini boshqarishning nazariy-metodologik asoslari va amaldagi holati chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi bank tizimining raqamli transformatsiyasi va xalqaro Bazel III standartlariga o'tish jarayonlari bilan izohlanadi. Maqolada 2024-2025 yillardagi statistik ma'lumotlar asosida bank aktivlari, depozitlar va kredit portfeli dinamikasi o'rganilgan. Shuningdek, likvidlikni qoplash koeffitsienti (LCR) va sof barqaror moliyalashtirish koeffitsienti (NSFR) ko'rsatkichlarining bank barqarorligini ta'minlashdagi o'rni baholangan. Tadqiqot natijasida banklar likvidligini samarali boshqarish uchun aktivlar va majburiyatlarni boshqarish (ALM) tizimini takomillashtirish, stress-testlash amaliyotini kengaytirish hamda resurslar bazasini diversifikatsiya qilish bo'yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola bank ishi sohasi mutaxassislari va iqtisodchi olimlar uchun mo'ljallangan.
tijorat banklari, likvidlik, Bazel III, LCR, NSFR, aktivlar va majburiyatlarni boshqarish, moliyaviy barqarorlik, bank nazorati, risklarni boshqarish
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.