Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-jild 08-son (2026) · 43-49-betlar
PAXTA-TOʻQIMACHILIK KLASTERLARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISHNING MUQOBIL MANBALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Tojiyev Saʼdulla Muhitdinovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada paxta-toʻqimachilik klasterlarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan foydalanish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda venchur kapitali, biznes-farishtalar, lizing, yashil va tematik obligatsiyalar, islomiy moliya vositalari hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining iqtisodiy samaradorligi qiyosiy yondashuv asosida baholandi. Xalqaro tajriba va milliy amaliyot oʻrganilib, innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda moliyaviy diversifikatsiyaning ahamiyati asoslandi. Olingan natijalar kapitalga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, texnologik yangilanishni jadallashtirish, investitsion faollikni oshirish va klasterlarning eksport salohiyatini mustahkamlash imkoniyatlarini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv innovatsion rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun ishonchli ilmiy asos yaratdi.
paxta-toʻqimachilik klasteri, innovatsion moliyalashtirish, venchur kapitali, lizing, yashil obligatsiyalar, islomiy moliya, davlat-xususiy sheriklik, moliyaviy diversifikatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.