Педагогик акмеология 2-том 2-нөмір (2022)
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TA’LIM MAZMININI YANGILASH VA ONA TILI O‘QITISHNI IJODIY TASHKIL ETISH
FARMONOVA, Shabon
Аңдатпа
Maqolada boshlang‘ich taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining mustaqil, shu bilan birga, o‘ta murakkab tarkibiy qismidir. Аvvalo, boshlang‘ich taʼlim uzluksiz taʼlimning dastlabki bo‘g‘inidir. U o‘ziga yarasha dastur, darslik, o‘quv qo‘llanmalariga ega. Boshlang‘ich sinflarda alohida tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilar ishlaydi. Boshlang‘ich taʼlim muammolarini tahlil va tadqiq ishlari bilan mutaxassis olimlar shug‘ullanadi. Shuningdek, boshlang‘ich taʼlim maʼlum o‘quv yillaridan tashkil topadi. Bular boshlang‘ich taʼlimning mustaqil bo‘g‘in ekanligidan dalolat beradi. Qolaversa, boshlang‘ich taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining murakkab bo‘g‘ini hisoblanadi. Bola o‘qish, yozish, hisoblash texnikasini ilk bor boshlang‘ich sinfda egallaydi. U to‘rt o‘quv yili mobaynida hozirgi zamon fani, ishlab chiqarish texnologiyasining umumiy asoslarini o‘zlashtiradi va fikrlashni o‘rganadi. Bolalar boshlang‘ich sinflarda o‘qitilish orqali taʼlim jarayonida faol ishtirok etish yo‘llari, vositalarini egallaydi. Ular mustaqil fikrlash, hayotda o‘z o‘rnini egallash sirlaridan voqif bo‘ladi, 5-9-sinflarda ona tili o‘quv predmetining to‘liq kursini o‘zlashtirishga tayyorgarlik ko‘rishadi. Bular boshlang‘ich taʼlimning o‘ta murakkab ekanligi bilan izohlanadi
ta’limona tilinutqdarslik
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.