Innovation science and technologiy Ҷилди 2 № 5 (2026)
AHOLINING BANKLARDAGI OMONATLARINI KAFOLATLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Rahimov, Akmal
Аннотатсия
Aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash mexanizmini takomillashtirish masalalariilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Omonatlarni kafolatlash tizimining iqtisodiy mohiyati, bank tizimi barqarorliginita’minlashdagi o‘rni hamda omonatchilar manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek,xalqaro tajriba asosida Yevropa Ittifoqi, Qozog‘iston, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Rossiya va Turkiyadaomonatlarni kafolatlashning maksimal miqdorlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda jismoniy shaxslarning talabqilib olinguncha omonatlari, muddatli omonatlari, jamg‘arma omonatlari va jamg‘arma sertifikatlari omonatlarnikafolatlash obyekti sifatida ko‘rib chiqilgan. Omonatlarning kafolatlangan miqdoridan ortiq qismini bankdantalab qilishning ikki bosqichli himoya mexanizmini joriy etish taklif qilingan. Ushbu mexanizm kafolatlanganomonat qismini davlat tomonidan tezkor kompensatsiya qilish, kafolatlanmagan qismini esa bankni tugatishyoki bankrotlik jarayonida bank aktivlari hisobidan kreditorlik talabi sifatida qoplash tartibini nazarda tutadi.Taklif etilgan yondashuv omonatchilar huquqlarini himoya qilish, kafolatlash tizimining shaffofligini oshirishhamda bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
omonat, depozit, omonatlarni kafolatlash, kafolatlangan summa, kafolatlanmagan qism, tijorat banki, bankrotlik, kompensatsiya, omonatchilar huquqlari, bank tizimi barqarorligi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.