Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 1-tom 3-san (2025) · 132-138-betler

PRENATAL STRESS SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLOD BOSH MIYASIDAGI QADOQSIMON TANA TUZILMASIDAGI POSTNATAL ONTOGENEZ DINAMIKASIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARI

Polvonov, G‘ayrat, Adilbekova, Dilorom, Nazarova, Malohat

Derekkózde oqıw PDF

Annotaciya

Mazkur maqolada prenatal stress omillarining bosh miyaning asosiy komissural strukturasi hisoblangan qadoqsimon tananing (corpus callosum) postnatal ontogenez davomida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlariga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot uchun tajriba hayvonlari sifatida kalamushlar tanlanib, ularning homilador urg‘ochilari maxsus stress holatlari (immobilizatsiya, shovqin va yorug‘lik o‘zgarishlari)ga duchor qilingan. Natijada yuzaga kelgan prenatal stress omillarining avlodlarida qadoqsimon tananing postnatal rivojlanish dinamikasiga ta’siri turli yosh bosqichlarida (1-, 7-, 14-, 21- va 30-kunlarda) morfologik va morfometrik usullar orqali tahlil qilindi.Olingan natijalar prenatal stress qadoqsimon tana rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Xususan, bu strukturada miya yarimsharlari orasidagi nerv tolalari miqdorining kamayishi, aksonlarning ingichkalashuvi, mielin qavatining noyetukligi va neyroglial hujayralarning giperaktivligi bilan ifodalangan o‘zgarishlar aniqlangan. Morfometrik ko‘rsatkichlarda esa qadoqsimon tananing qalinligi, uzunligi va transversal kesimidagi yuzasi stressga uchragan guruhlarda nazorat guruhiga nisbatan ancha kichik bo‘lgan. Ushbu o‘zgarishlar markaziy asab tizimining funksional integratsiyasiga va kognitiv faoliyatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Mazkur tadqiqot prenatal davrdagi stressning miyaning muhim strukturaviy birliklaridan biri bo‘lgan qadoqsimon tanaga rivojlanish bosqichlarida qanday ta’sir qilishini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, perinatal stressning neyroanatomik oqibatlarini tushunishda muhim ilmiy asos vazifasini bajaradi. Tadqiqot natijalari stress bilan bog‘liq neyro-rivojlanish buzilishlari, ayniqsa autizm spektri va diqqat yetishmovchiligi sindromlari kabi holatlarning kelib chiqish mexanizmlarini chuqurroq anglash uchun asos bo‘la oladi.

prenatal stressoq kalamushlarbosh miya qadoqsimon tanasipostnatal ontogenez

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Polvonov, G‘ayrat, Adilbekova, Dilorom & Nazarova, Malohat (2025). PRENATAL STRESS SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLOD BOSH MIYASIDAGI QADOQSIMON TANA TUZILMASIDAGI POSTNATAL ONTOGENEZ DINAMIKASIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 1(3), 132-138.
GOST R 7.0.5
Polvonov, G‘ayrat, Adilbekova, Dilorom, Nazarova, Malohat PRENATAL STRESS SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLOD BOSH MIYASIDAGI QADOQSIMON TANA TUZILMASIDAGI POSTNATAL ONTOGENEZ DINAMIKASIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. 2025. Т. 1. № 3. С. 132-138.
BibTeX
@article{g‘ayrat2025,
  author  = {Polvonov, G‘ayrat and Adilbekova, Dilorom and Nazarova, Malohat},
  title   = {PRENATAL STRESS SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLOD BOSH MIYASIDAGI QADOQSIMON TANA TUZILMASIDAGI POSTNATAL ONTOGENEZ DINAMIKASIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARI},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year    = {2025},
  volume  = {1},
  number  = {3},
  pages   = {132-138}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Polvonov, G‘ayrat
AU  - Adilbekova, Dilorom
AU  - Nazarova, Malohat
TI  - PRENATAL STRESS SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLOD BOSH MIYASIDAGI QADOQSIMON TANA TUZILMASIDAGI POSTNATAL ONTOGENEZ DINAMIKASIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARI
JO  - Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
PY  - 2025
VL  - 1
IS  - 3
SP  - 132
EP  - 138
ER  -