Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том 1-нөмір (2026) · 113-122-беттер
BOLALARDA OFTALMOLOGIK OPERATSIYALARDA ANESTEZIYANI TAKOMILLASHTIRISH (adabiyotlar sharxi)
Joniyev S.Sh., Yuldashev M.
Аңдатпа
Maqola bolalarda oftalmologik operatsiyalarda anesteziyani takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan adabiyotlar sharhi bo‘lib, pediatrik oftalmoxirurgiyaning o‘ziga xos anatomik-fiziologik va xulq-atvor xususiyatlarini tahlil qiladi. Asosiy e’tibor quyidagi muammolarga qaratilgan: ko‘z ichki bosimining (KIB) barqarorligi, okulo-kardial refleks, havo yo‘llarining torligi va qulashga moyilligi, uyg‘onishdagi agitatsiya, simpatik giperreaktivlik va bolalarning yuqori metabolik darajasi. Ushbu omillar umumiy anesteziya sifati va xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Sharhda sevofluran kabi uchuvchi anestetiklarning afzalliklari va cheklovlari (KIB oshishi, uyg‘onish agitatsiyasi), propofol, ketamin va ayniqsa deksmedetomidinning ijobiy xususiyatlari (KIBni pasaytirish, gemodinamik barqarorlik, agitatsiyani kamaytirish) solishtirilgan. Multimodal va opioidni tejovchi yondashuvlar, shu jumladan deksmedetomidin asosidagi kombinatsiyalar zamonaviy pediatrik oftalmik anesteziyaning istiqbolli yo‘nalishi sifatida ko‘rsatilgan.
pediatrik oftalmologiya
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.