Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том Maxsus-сан (2026) · 6-13-беттер
QUVA VA FARG‘ONA HUDUDLARIDAGI MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDAGI 5–6 YOSHLI BOLALARNING MORFOFIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINING QIYOSIY TAHLILI
Alieva G. A
Аннотация
Ushbu tadqiqotda Quva tumani va Farg‘ona shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 5–6 yoshli bolalarning asosiy morfofiziologik ko‘rsatkichlari – bo‘y uzunligi, tana massasi, yurak urish tezligi, jismoniy harakat sifati (30 m yugurish, uzoqqa sakrash, qo‘l bilan to‘p uloqtirish), statik muvozanat (bir oyoqda turish) va nafasni ushlab turish ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikki hudud o‘rtasida antropometrik va funksional ko‘rsatkichlarning sezilarli farqlari mavjud bo‘lib, bu farqlar hududning ekologik, iqlimiy va ijtimoiy omillariga bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi. Styudent mezoni asosida olib borilgan statistik tahlillar ko‘rsatkichlarning aksariyatida 1% ishonchlilik darajasi (P<0,01) bilan farqlar mavjudligini tasdiqladi.
jismoniy rivojlanishkognitiv sifatlarmorfofiziologik ko‘rsatkichlarharakat faolligimaktabgacha yoshdagi bolalar
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.