Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том Maxsus-сан (2026) · 64-67-беттер
TRIGEMINUS NERV TOPOGRAFIYASI VA YUZ SOHASIDAGI OG‘RIQLI SINDROMLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Boyqobilov, Soatmurod, Normurodova, Aziza
Аннотация
Ushbu ishda trigeminus nervning anatomik-topografik tuzilishi va uning yuz sohasidagi og‘riqli sindromlar trigeminus nevralgiyasi hamda postgerpetik og‘riq bilan klinik bog‘liqligi yoritilgan. Trigeminus nervning uch asosiy shoxi (n. ophthalmicus, n. maxillaris, n. mandibularis)ning innervatsiya hududlari va ularning shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘riq sindromlarining patogenetik mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, yuz sohasidagi og‘riqlarning differensial diagnostikasida trigeminus nerv topografiyasining ahamiyati, og‘riq tarqalishining anatomik asoslari hamda klinik belgilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ko‘rib chiqilgan.Tadqiqot natijalari trigeminus nerv zararlanishi bilan bog‘liq og‘riqli holatlarni erta aniqlash va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Trigeminus nervyuz innervatsiyasinerv topografiyasitrigeminus nevralgiyasi
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.