Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том Maxsus-нөмір (2026) · 441-445-беттер
IMMUN TIZIM VA KO‘KRAK BEZI SARATONI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Xudoyqulova, Zebo, Abdurahimov, Ogʻabek, Kucharov, Aslbek, Abdusamadova, Ziyoda, Davlatov, Bekmurod, Uktamova, Soima
Аңдатпа
Ko‘krak bezi saratoni rivojlanishida immun tizimning holati muhim biologik omillardan biri hisoblanadi. Inson organizmining immun tizimi o‘smaga qarshi tabiiy himoya mexanizmini ta’minlab, atipik hujayralarni aniqlash va yo‘q qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Biroq immun nazorat mexanizmlarining susayishi yoki o‘sma hujayralarining immun javobdan qochish qobiliyati saraton rivojlanishi va metastaz jarayonini tezlashtirishi mumkin. Mazkur tadqiqotda immun tizim komponentlari — T-limfotsitlar, B-limfotsitlar, tabiiy killer hujayralar hamda sitokinlarning ko‘krak bezi saratoni patogenezidagi o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘sma mikro-muhiti va immun yallig‘lanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlari yoritiladi. Zamonaviy immunoterapiya usullarining qo‘llanilishi saraton hujayralariga qarshi immun javobni kuchaytirish orqali davolash samaradorligini oshirish imkonini berishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari immun tizim holatini baholash ko‘krak bezi saratonini erta prognoz qilish, individual davolash strategiyasini tanlash hamda kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
immun tizimko‘krak bezi saratoniimmun javobT-limfotsitlarsitokinlar
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.