Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 8-tom 3-san (2025) · 86-89-betler
BOLALARDA SURUNKALI NAFAS OLISH KASALLIKLARINI NOMEDIKAMENTOZ DAVOLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Xoliqova, Gulnoz Asatovna
Annotaciya
Maqolada nafas olish tizimining surunkali kasalligi boʻlgan 3 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar guruhi tanlangan. Bolalarning kasallanish darajasi tibbiy hujjatlarni tahlil qilish natijasida olingan maʼlumotlar asosida oʻrganilgan. Kuzatuv 1 yil mobaynida amalga oshirilgan. Surunkali nafas olish tizimi kasalliklari boʻlgan 130 ta bolalar tanlab olingan. Kuzatuv davomida barcha oʻtkir va surunkali kasallikning xuruji epizodlari qayd etilgan. Bolalar 2 guruhga boʻlib oʻrganilgan, asosiy guruhdagi bolalar kasalikning xurujsiz davrida profilaktik dori vositalarsiz davolanganlar. 2 chi nazorat guruhidagi bolalar esa kasallikning xurujli davrida dori vositalari bilan davolanganlar. Profilaktik davolash kompleks tarzda yiliga 3-4 marta 2 hafta davomida, oʻrtacha 10 ta muolaja orqali amalga oshirilgan. Nomedikamentoz davolash samaradorligini baholash uchun quyidagi mezonlar tanlangan: yil davomida OʻRK bilan kasllanish davomiyligi va surunkali kasallikning xurujlari sonini aniqlash.
Nomedikamentoz davolash, surunkali kasalliklar; nafas olish tizimi, OʻRK, kasallik xuruji.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.