Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 8-том 3-нөмір (2025) · 95-99-беттер
TOMOQ SOHASINING YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI VA ULARDA QO‘LLANILADIGAN ANTIBIOTIK PREPARATLARNING TAHLILI
Yodgorova, Nodira Turg‘unboyevna, Mamanov, Jamshid Baxromovich
Аңдатпа
Tadqiqot maqsadi: 2023-2024 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi aholisining tomoq kasalliklari etiologiyasini aniqlash va ularning antibiotiklarga chidamlilik xolatiga ta‘rif berish. Material va usullari: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Bakteriologik Lobaratoriyasida 2023-yillning ikkinchi yarim yilligidan 2024-yilnig boshigacha bo‘lgan tomoq infeksiyalariga chalingan bemorlarda aniqlangan infeksiyalar hamda ularda aniqlangan mikroorganizmlar, ularni antibiotiklar sezgirligi tahlil qilindi. Bakteriologik, statistik usullardan foydalanildi. Natijalar tahlili va muhokamasi: Mana shu 6 oy muddat davomida 200 nafar bemor (25 nafari erkak, 175 nafari ayol) da tomoq sohasida yallig‘lanish kasalliklari shikoyati kuzatilgan. Ulardan olingan namunalar laborator tashxis qilinganda jami kasallarning barchasida 400 dan ortiq turli xil bakteriyalar (Streptokokk ssp.-60%, Candida ssp.-30%, Stafilakokus aureus-10%) aniqlandi. Xulosa: Tahlillar natijasida tomoq yallig‘lanishlari bilan ko‘proq(88%) ayollar kasallanishini ko‘rishimiz mumkin(o‘rtacha yoshi 27 bo‘lgan). Yallig‘lanishlarga eng ko‘p sabab bo‘lgan bakteriya Streptokokk ssp (60%), hamda bakteriyaga eng samarador antibiotiklardan: Sulfametoksazol, Levofloksotsin, Amoksitsilin va Ampitsilinlar yaxshi natija berdi.
yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi, tomoq sohasi yallig‘lanishi, bakteriyalar, antibiotiklar, mikroorganizmlar, tonzillofaringit, o‘tkir tonzillit, o‘tkir faringit.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.