Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Том 8 № 3 (2025) · с. 236-238
SAMARQAND VILOYATIGA COVID-19 NING KIRIB KELISHINING EPIDEMIOLOGIK AXAMIYATI
Qobilov, Nodir Nuriddinovich
Аннотация
Aholi o‘rtasida istalgan yuqumli kasallikning ommaviy tarqalishi uning vujudga kelishini rivojlanishini belgilovchi shart-sharoitlarga hamda tarqalganlikning jadalligi, tarkibi, dinamikasiga ko‘ra tavsiflanadi. Mazkur ko‘rinishlarni kuzatish, qayd etish orqali kasallik paydo bo‘lishi va tarqalishining sabablariga doir dastlabki farazlar shakllantiriladi. Tarqalganlik ko‘rinishlarini tavsiflovchi turli ko‘rsatkichlarni taqqoslash va tahlil etish shakllantirilgan farazlarni tekshirish - tasdiqlash yoki rad etish borasida xulosa chiqarish imkonini beradi. COVID-19 tarqalishining determinantlari, ya’ni mazkur kasallikning chetdan kirib kelishi biron hududda paydo bo‘lishi va tarqalishining sabablari to‘g‘risidagi muayyan tasavvur shakllantirilgach, albatta sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud infratuzilma va imkoniyatlardan kelib chiqib, kasallikning xos tashxisotini, davolash-profilaktika tadbirlarini tashkillashtirish, amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
COVID-19, epidemiologiya, profilaktika, karantin-cheklov.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.