Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-tom Maxsus-san (2026) · 43-48-betler
QORIN SOHASINING TOPOGRAFIYASI VA O‘TKIR QORIN SINDROMIDA DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKADAGI AHAMIYATI
Izzatullayev, Ahmadjon, Boyqobilov, Soatmurod
Annotaciya
Tadqiqotning maqsadi qorin bo‘shlig‘i organlarining topografik joylashuvi, og‘riq lokalizatsiyasi va shoshilinch klinik belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashtirishdan iborat. Materiallar va metodlar sifatida topografik anatomiya, klinik anatomiya va jarrohlik amaliyotiga oid ilmiy manbalar mazmuniy-tahliliy usulda ko‘rib chiqildi. Natijalar qorin sohalarini to‘qqizta topografik hududga ajratish appenditsit, xoletsistit, pankreatit, ichak tutilishi, yara perforatsiyasi va peritonit kabi holatlarni dastlabki bosqichda farqlashga yordam berishini ko‘rsatdi. Muhokama qismida topografik bilimlar yakka holda tashxis qo‘yish uchun yetarli emasligi, ularni anamnez, fizik ko‘rik, laborator va instrumental tekshiruvlar bilan birgalikda baholash zarurligi asoslandi.
qorin bo‘shlig‘itopografik anatomiyao‘tkir qorin sindromidifferensial diagnostika
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.