Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том Maxsus-сан (2026) · 106-111-беттер
SUT BEZI SARATONINI ERTA TASHXISLASH VA DAVOLASHDA IMMUNOONKOLOGIK TEKSHIRUVLARNING AHAMIYATI
Urmanbayeva, Dilbarhon, Abdivokhobova, Gulnozakhon, Adhamjonova, Uktamxon, Erkinova, Shoxista
Аннотация
Mazkur maqolada sut bezi saratonini erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirishda immunoonkologik tekshiruvlar, xususan interleykinlar (IL-6 va IL-10) ning diagnostik ahamiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — an’anaviy biomarkerlar (HER2, PD-L1, gormonal retseptorlar) bilan bir qatorda interleykinlarni qo‘llash orqali kasallikni erta aniqlash, prognoz qilish va individual davolash strategiyasini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot jarayonida IL-6 va IL-10 ning biologik roli, o‘sma jarayonlari bilan bog‘liqligi hamda klinik-diagnostik ahamiyati baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, IL-6 darajasining oshishi o‘sma proliferatsiyasi va agressivligi bilan bog‘liq bo‘lsa, IL-10 immunosupressiv muhitni shakllantirib, kasallik prognoziga ta’sir ko‘rsatadi. Interleykinlarni aniqlash diagnostik aniqlikni oshirib, kasallikni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.
sut bezi saratoniimmunoonkologiyabiomarkerlarHER2PD-L1
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.