Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Volume 2 Issue 3 (2026) · pp. 128-134
TUXUMDONLAR POLIKISTOZI SINDROMIGA BOG‘LIQ BEPUSHTLIKDA NUTRIENT-METABOLIK PROFILNING KLINIK-PATOGENETIK AHAMIYATI
Sadullayeva, Oyimjon, Ikramova, Xolidajon
Abstract
Tuxumdonlar polikistoz sindromiga (TPKS) bog‘liq bepushtlikda nutrient-metabolik buzilishlar muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada vitamin D, rux, selen yetishmovchiligi, insulinrezistentlik va oksidativ stressning reproduktiv funksiyaga ta’siri yoritilgan. Maqsad: Tuxumdonlar polikistoz sindromiga (TPKS) bog‘liq bepushtlikda nutrient-metabolik profilning klinik-patogenetik ahamiyatini o‘rganish. Material va metodlar: Tadqiqotga TPKS bilan bog‘liq bepushtligi bo‘lgan 70 nafar ayol va 20 nafar sog‘lom ayol kiritildi. Qonda vitamin D, magniy, rux, selen, insulin, AMH va HOMA-IR ko‘rsatkichlari aniqlandi. Oksidativ stress markerlari — MDA va TAC baholandi. Natijalar: Asosiy guruhda nutrient yetishmovchiligi, insulinrezistentlik va oksidativ stress ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli yuqori aniqlandi (p<0,05). Nutrient tanqisligi ovulyator buzilishlar va giperandrogeniya bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Xulosa: Nutrient-metabolik buzilishlar TPKSga bog‘liq bepushtlik patogenezida muhim ahamiyatga ega
TPKSbepushtliknutrientlaroksidativ stressinsulinrezistentlik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.