Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том Maxsus-нөмір (2026) · 308-313-беттер
TAJRIBA SHAROITIDAGI JIGAR SHIKASTLANISHIDA PROSTATA BEZIDAGI MORFOLOGIK KO‘RSATGICHLARINING QIYOSIY TAVSIFI
Saidov, Jasur
Аңдатпа
Tajriba guruhida jigarning eksperimental shikastlanishidan keyin prostata bezida sezilarli morfologik o‘zgarishlar kuzatildi. Ayniqsa 3 oylik kalamushlarda bez atsinuslarining deformatsiyasi, epiteliy qavatining notekislashishi va ba’zi sohalarda distrofik o‘zgarishlar aniqlandi. Epiteliy hujayralarida vakuolizatsiya, yadrolarning piknotik holati va sitoplazmaning donali distrofiyasi kuzatildi. 6 oylik kalamushlarda patologik jarayonlar yanada chuqurlashganligi kuzatildi. Prostata bezi atsinuslarining ayrim qismlarida atrofik o‘zgarishlar, epiteliyning yupqalashishi va sekretor faollikning pasayishi qayd etildi. Stromada fibrozlanish elementlari va mikrosirkulyator o‘zgarishlar kuchayganligi aniqlandi. Morfometrik tahlilda atsinus diametrining kamayishi, epiteliy balandligining pasayishi va stroma ulushining ortishi statistik jihatdan ahamiyatli ekanligi kuzatildi.
jigar shikastlanishiprostata bezimorfologik ko‘rsatkichlarkalamushlar
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.