Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Том 2 № 3 (2026) · с. 441-445
ХОРАЗМ ВИЛОЯТИДА ПЕРИНАТАЛ ХАВФ ГУРУҲИДАГИ ҲОМИЛАДОР АЁЛЛАРДА ПЛАЦЕНТАНИНГ ПАТОМОРФОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ
Matsapoyev, Sherzod
Аннотация
Platsentaning morfofunktsional holati homila rivojlanishi va perinatal natijalarni belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida perinatal xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarda platsentaning patomorfologik xususiyatlarini oʻrganish va ularning klinik ahamiyatini baholashdan iborat.Tadqiqot materiali sifatida perinatal xavf guruhidagi homilador ayollardan tugʻruqdan soʻng olingan platsenta namunalari tahlil qilindi. Makroskopik va gistologik tekshiruvlar standart usullar asosida oʻtkazildi, toʻqimalar gematoksilin-eozin bilan boʻyaldi.Natijalarga koʻra, platsentalarda xorion vorsinkalari fibrozi, infarkt oʻchoqlari, qon tomir devorlarining sklerozi, intervorsinkalar orasida qon toʻlaqonligi va yalligʻlanish infiltratsiyasi kabi patomorfologik oʻzgarishlar aniqlandi. Ushbu oʻzgarishlar platsentar yetishmovchilikning morfologik asosini tashkil etdi.Olingan natijalar jahon va respublika adabiyotlari maʼlumotlari bilan uygʻun boʻlib, platsentaning patomorfologik tahlili perinatal xavfni baholashda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi.
platsentapatomorfologiyaperinatal xavfxorion vorsinkalariXorazm viloyati
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.