Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-jild 1-son (2026) · 518-526-betlar
ADENOMIOZNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARINI ANIQLASHDA MULTIPLEKSLI MORFOMETRIK TEKSHIRISHNING AXAMIYATI
Ibragimova, Nodira, Yusupova, Mexribon
Annotatsiya
Annotatsiya: Adenomioz endometriy bezlari va stromasining miometriy ichiga kirib borishi bilan tavsiflanadigan surunkali ginekologik kasallikdir. Ushbu patologiyani aniq tashxislash va uning rivojlanish darajasini baholash uchun morfologik tekshirish muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda multipleksli morfometrik tekshirish usullari adenomiozning to‘qima darajasidagi o‘zgarishlarini chuqurroq o‘rganish imkonini bermoqda. Maqsad: Adenomiozda ayollar bachadonida klinik-patogenetik va morfologik ahamiyatini o‘rganish. Material va metodlar:Tekshirish uchun jami n=62 ta holatdan - 45 ta adenomioz, endometriyning bezli giperplaziyasi n=12 ta, nazorat uchun 5 ta holatdagi meyoridagi tinch turgan endometriy to‘qimasi olingan va tayyorlangan mikronamunalar NanoZoomer (REF C13140-21.S/N000198/HAMAMATSU PHOTONICS/431-3196 JAPAN)da skaner qilindi. Olingan mikrotasvirlar QuPath-0.5.0 dasturiy ta'minotida qayta ishlandi va miometriy tarkibidagi endometriy bezlari, epiteliy xujayralari, mushak tutamlari, xajmi, bezlarning miometriydagi ma'lum yuza kattaligidagi egallagan maydoni, va endometriy bezlarining qalinligi o‘lchandi. Natijalar: Tekshirish dizayni quyidagicha, xar bir holatdan 10-15 tadan kam bo‘lsagan mikrotasvirlarda o‘rganilayotgan strukturalarning o‘rtacha, minimal va maksimal ko‘rsatkichlari olindi. Yuqorida keltirilgan mikropreparatlar namunalari skaner qilingandan keyin rasmga olinib, xar biridagi kattaliklar maxsus javdvalda keltirilib o‘rtacha statistik taxlil natijalari styudent-t mezoni bo‘yicha keltirilib, ishonchlilik darajasi P≤0,05 atrofidagi ishonchlilik darajasi bo‘yicha olingan natijalarning o‘rtacha statistik ko‘rsatkichlari olindi.
adenomioz
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.