Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том 4-нөмір (2026) · 108-112-беттер
GLP-1 RETSEPTOR AGONISTLARINING 2-TIP QANDLI DIABET VA SEMIZLIK TERAPIYASIDAGI ZAMONAVIY O‘RNI
Dadaxo`jayeva, Mohira
Аңдатпа
Klinik endokrinologiyaning bugungi kundagi eng og‘riqli nuqtalaridan biri - metabolik sindrom, xususan, 2-tip qandli diabet va semizlik epidemiologiyasining shiddat bilan kengayib borayotganidir. Mazkur patologiyalar nafaqat hayot sifatini pasaytiradi, balki kardiorenal asoratlar tufayli nogironlik va erta o‘lim ko’rsatkichlarini keskin oshiradi. Ushbu sharhda glyukagonga o‘xshash peptid-1 (GLP-1) retseptor agonistlarining biologik tabiati, terapevtik samarasi hamda zamonaviy kardiometabolik tibbiyotdagi yetakchi roli tizimli tahlil qilingan. 2020–2025-yillardagi randomizatsiyalangan klinik sinovlar (RCT), jumladan, LEADER, SUSTAIN, SELECT hamda SURPASS dasturlari natijalari umumlashtirilib, semaglutid va tirzepatid kabi molekulalarning nafaqat glikemik nazorat, balki tana vaznini bariatrik ko‘rsatkichlar darajasigacha kamaytirishdagi inqilobiy imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, preparatlarning xavfsizlik profili, gastrointestinal nojo‘ya ta’sirlari va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida ushbu ilg‘or terapiyani joriy etishning istiqbollari hamda iqtisodiy jihatlari tanqidiy baholangan
GLP-1 retseptor agonistlariinkretinomimetiklarsemaglutidtirzepatid2-tip qandli diabet
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.