Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 9-том 4-нөмір (2025) · 215-218-беттер
MUDDATIDAN OLDIN TUG‘ILGAN DIXORIAL EGIZAKLAR PLASENTA TUZILMALARIDAGI MORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI
Jumanov Z.E., Abdullaev Sh.Sh.
Аңдатпа
Dixorial muddatidan oldin tug‘ilgan 46 nafar egizaklar yo‘ldosh to‘qimasidan olingan to’qima bo’laklari patomorfologik tekshiruvdan o’tkazilgan. Aniqlanganki, chala tug‘ilgan dixorial egizaklar yo‘ldosh to‘qimasidagi patomorfologik o‘zgarishlar, chala tug‘ilish muddati bo‘yicha farq va tafovutlarga ega bo‘lib, 22-27 xaftalikda tug‘ilgan dixorial egizaklar yo‘dldosh to‘qimasida qon tomirlari va vorsinkalarining to‘laqonligi, qon quyilish o‘choqlari, fibrinoid nekrozi o‘choqlari hamda terminal vorsinkalar hajmining turli o‘lchamlarda oshganligi qayd etiladi. 28-31 xaftalik egizaklar yo‘ldosh to‘qimasi qon tomirlarida notekis to‘laqonlilik, varsinkalararo bo‘shliqda fibrin cho‘kmalari va fibroz to‘qimaning kuchsiz shakllanganligi kuzatiladi. Ularning oraliqlarida sintisiotrofoblastlarning proleferatsiyasi aniqlanadi. 32-37 xaftalikda tug‘ilgan dixorial egizaklarda ko‘proq yallig‘lanish jarayoning ustunligi va mayd qon tomirlar trombozi kuzatiladi.
egizak, dixorial, yo’ldosh, yallig’lanish, fibrinoid nekroz.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.