Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Volume 9 Issue 4 (2025) · pp. 223-227
BUYRAKNING KOSACHA VA KANALCHLAR TUZILMALARIDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLARINI NEFROLITIAZ KASALLIGIGA XOS JIHATLARINING TAHLILI
Jumanov Z.E., Davronov O.T.
Abstract
Nefrolitiaz kasalligi mavjud bo’lgan 44 nafar bemorlardan olib tashlangan buyrakning kosacha va kanalchalaridan olingan to’qima bo’laklari patomorfologik tekshiruvdan o’tkazilgan. Aniqlanganki, buyrak tosh kasalligida yuqorgi kosachalarida distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlar kuchli ivojlangan bo‘lsa, o‘rta qavatida ularning kam miqdordagi o‘zgarishlari qayd etiladi. Pastki kosachalarda sklerotik jarayonlarning boshlanganligi kuzatiladi. buyrak kanalchalari epiteliy hujayralarida distrofik, nekrobiotik va nekrotik o‘zgarishlar rivojlanishi ya'ni o‘choqli nekronefroz aniqlanadi. Fornikal apparat tuzilmalarida shishinish va tolalanish kuzatiladi. Bundan tashqari buyrakning yuqorgi kosalariga botib kirgan kanalchalarda papillonekroz rivojlanganligi qayd etiladi.
Buyrak tosh kasalligi, kosacha, kanalcha, distrofiya, shishinish.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.