Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 9-tom 4-san (2025) · 268-272-betler
GIGANT HUJAYRALI O‘SMA KASALLIGIDA UNGA TUTASH SON SUYAGINING TUZILMALARIDAGI O‘ZGARISHLARNING MORFOLOGIK XUSUSIYАTLARI
Yarkulov Z.M., Mamadiyarova D.U.
Annotaciya
Gigant hujayrali o‘sma kasalligida unga tutash son suyagining tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni morfologik xususiyаtlari aniqlash maqsadida jarrohllik amaliyoti tufayli olib tashlangan 24 nafar bemor son suyagidan olingan jarrohlik materiallari patomorfologik tekshiruvdan o’tkazilgan. Aniqlanganki, son suyagi gigant hujayrali o‘smasiga tutash bo‘lgan suyak to‘qimasida disrofik, nekrobiotik va nekrotik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ayniqsa, o‘sma chegarasida joylashgan osteositlarda nekrotik o‘zgarishlarning ustunligi qayd etiladi. Shuningdek, o‘smaga yaqin suyak to‘qimasida fibroz tolalarning shakllanishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularning oraliqlaridagi kichik diametrli qon tomirlarni o‘sma hujayralari tomon yo‘nalganligi aniqlanadi. Demak, mazkur o‘sma atrofidagi suyak to‘qimasida ham o‘ziga xos degenerativ va nekrotik o‘zgarishlar kelib chiqadi. Shuning hisobiga kortikal qavatning nisbatan yupqalashuvi qayd etiladi.
gigant hujayrali o’sma, son suyagi, deregenerasiya, distrofiya, shish.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.