Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Volume 11 Issue 6 (2025) · pp. 28-33
GIPERPROLAKTINEMIYA FONIDA YUZAGA KELUVCHI SHOSHILINCH AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIK HOLATLAR: KLINIK KO’RINISHLAR, XAVF OMILLAR
Baltabayeva G.Sh., Muminova Z.A., Yaqubova M.D.
Abstract
Ushbu maqolada giperprolaktinemiya (GPR) fonida yuzaga keladigan shoshilinch akusherlik va ginekologik holatlarning klinik ifodalari, ularning patofiziologik asoslari va xavf omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 134 nafar ayol ishtirokida gormonal disbalans, vitamin D va suyak almashinuviga oid ko‘rsatkichlar, shuningdek homiladorlik va tug‘ruqdagi asoratlar chuqur tahlil qilindi. Giperprolaktinemiya holatlarida estrogen yetishmovchiligi, D vitamini tanqisligi, suyak rezorbsiyasi kuchaygani, shuningdek ovulyator disfunktsiya va disfunktsional bachadondan qon ketishlar ko‘paygani kuzatildi. Homilador ayollarda esa preeklampsiya, erta homila yo‘qotilishi va tug‘ruqdagi qon ketishlar kabi asoratlar ancha yuqori aniqlangan. Ushbu holatlar giperprolaktinemiyaning nafaqat reproduktiv salomatlikka, balki homiladorlik jarayoniga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.
giperprolaktinemiya, shoshilinch holatlar, disfunktsional qon ketish, preeklampsiya, vitamin D.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.