Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Том 11 № 6 (2025) · с. 138-144
O‘PKANING SURFAKTANT TIZIMI BUZILISHI VA ULARNI KORREKSIYA QILISH YO‘LLARI
Sapaeva Sh.A., Bakberganova F.M.
Аннотация
Mazkur maqolada o‘pkaning surfaktant tizimi (O‘ST) tuzilishi va funksiyasi haqidagi zamonaviy ma’lumotlar tahlil qilinadi. O‘ST ning asosiy kimyoviy komponentlari fosfolipidlar va maxsus surfaktant oqsillaridir; aynan ushbu oqsillar tizimning samarali ishlashida muhim rol o‘ynaydi. Turli xil stress omillari ta’sirida O‘ST ning o‘zgarish sabablari, bu o‘zgarishlarning tabiati hamda ular bilan bog‘liq o‘pka patologiyasi shakllari yoritiladi. Proteaza–antiproteaza va oksidant–antioksidant gomeostazining buzilishi, surfaktant sintezining cheklanishi va natijada uning alveolalarda yo‘q qilinishi yoki inaktivatsiyasining kuchayishi O‘ST shikastlanishining asosiy patogenetik omillaridan biridir. Surfaktant tizimining diffuz zararlanishi turli etiologiyali o‘tkir respirator yetishmovchilik, xususan, kattalardagi nafas olish qiyinlishuvi sindromi (ARDS) patogenezida yetakchi rol o‘ynaydi. Surfaktant yetishmovchiligini korreksiya qilishning eng istiqbolli yo‘li — bu surfaktantni almashtirish terapiyasidir. Bundan tashqari, ba’zi holatlarda O‘ST holatini yaxshilovchi nospesifik vosita va usullardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir.
surfaktant tizimi, surfaktant, stress, korreksiya, surfaktantopatiya, o‘pka patologiyasi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.