Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 11-jild 6-son (2025) · 194-199-betlar

YURAK MUSHAGIDA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR: MEXANIK JAROHAT SHAROITIDA ANESTEZIYA TURLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI

Turniyozov A.A.

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Eksperimental hayvonlar modeli asosida yurak mushagining mexanik jarohatdan so‘ng morfologik jihatdan qanday o‘zgarishga uchrashi, bu o‘zgarishlarga mahalliy va umumiy anesteziya turlarining ta’siri qanday bo‘lishi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotda ikki jinsli, turli yoshdagi oq zotsiz kalamushlar (3, 9 va 18 oylik) ishtirok ettirildi. Hayvonlarga bir xil darajadagi mexanik shikast yetkazilib, so‘ngra ularga turlicha og‘riqsizlantirish (mahalliy yoki umumiy) qo‘llanildi. Tajriba yakunida yurak mushagi to‘qimalari gistologik usullar orqali tekshirildi va morfologik o‘zgarishlar baholandi.Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yurak to‘qimalarida kuzatilgan histologik o‘zgarishlar bevosita anesteziya turiga va organizm yoshiga bog‘liq tarzda rivojlanadi. Mahalliy anesteziya ostidagi hayvonlarda yurak mushagida yengil darajadagi, o‘tkinchi va tiklanuvchan o‘zgarishlar — masalan, kapillyar kengayishi, yengil shish va hujayra yadrolarining zichlashuvi kuzatildi. Ushbu o‘zgarishlar fiziologik stressga normal reaksiya sifatida izohlanadi.Aksincha, umumiy anesteziya ostida bo‘lgan hayvonlarda yurak mushagida ancha chuqur va patologik belgilar aniqlangan bo‘lib, bular miokardial tolalarning vakuolizatsiyasi, sarkoplazmaning parchalanishi, kapillyarlarda tromboz va fibroz jarayonlarning boshlanishi kabi distrofik o‘zgarishlar bilan ifodalangan. Ayniqsa yoshi katta (9 va 18 oylik) kalamushlarda ushbu o‘zgarishlar yanada keskin va keng ko‘lamli bo‘lib, bu ularning organizmida funksional rezervlarning pasayganini, yurak to‘qimalarining gipoksiyaga nisbatan chidamliligi zaiflashganini ko‘rsatdi.

yurak morfologiyasi, anesteziya, mexanik jarohat, eksperiment, histologik tahlil.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Turniyozov A.A. (2025). YURAK MUSHAGIDA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR: MEXANIK JAROHAT SHAROITIDA ANESTEZIYA TURLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI. Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 11(6), 194-199.
GOST R 7.0.5
Turniyozov A.A. YURAK MUSHAGIDA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR: MEXANIK JAROHAT SHAROITIDA ANESTEZIYA TURLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI // Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии. 2025. Т. 11. № 6. С. 194-199.
BibTeX
@article{a.a.2025,
  author  = {Turniyozov A.A.},
  title   = {YURAK MUSHAGIDA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR: MEXANIK JAROHAT SHAROITIDA ANESTEZIYA TURLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI},
  journal = {Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии},
  year    = {2025},
  volume  = {11},
  number  = {6},
  pages   = {194-199}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Turniyozov A.A.
TI  - YURAK MUSHAGIDA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR: MEXANIK JAROHAT SHAROITIDA ANESTEZIYA TURLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI
JO  - Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии
PY  - 2025
VL  - 11
IS  - 6
SP  - 194
EP  - 199
ER  -