Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том 3-сан (2026) · 93-100-беттер

HOMILADORLIK PATOLOGIYASI, ONADAGI KASALLIKLAR VA BOLALARNING KO‘KYO‘TALGA MOYILLIGI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK

Raxmatullayeva, Shaxnoza, Faxriddinova, Dilafruz

Булактан окуу PDF

Аннотация

Ko‘kyo‘tal, ayniqsa, ilk yoshdagi bolalar salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirib kelmoqda. Xavf omillarini tushunish samarali profilaktika choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Homiladorlikning to‘xtash xavfi va onadagi yondosh kasalliklar yangi tug‘ilgan chaqaloqning rivojlanishi va salomatligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa ularni yuqumli kasalliklar nuqtai nazaridan o‘rganishni muhim qilib qo‘yadi. Tadqiqot maqsadi onadagi homiladorlik kechishi va yondosh kasalliklarga qarab ko‘kyo‘talning klinik-laborator kechish xususiyatlari bog‘liqligini o‘rganishdan iborat. 2017–2020-yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi III-klinikasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga “Ko‘kyo‘tal” tashxisi bilan yotqizilgan 18 yoshgacha bo‘lgan 146 nafar bola tekshiruvdan o‘tkazildi. Asosiy guruhdagi bemor bolalar onalarining salomatlik holati o‘rganilganda, 3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ularning 45 nafarida (16,7%) homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida ko‘ngil aynishi, qusish va umumiy ahvolning yomonlashishi bilan kechgan toksikozlar aniqlangan. 19 nafar (21,1%) ona kesarcha kesish yo‘li bilan farzandli bo‘lgan. Yondosh kasalliklari bo‘lgan onalar soni 12 nafarni (13,3%) tashkil etgan, muddatidan oldin tug‘ish holati aniqlanmagan, 6 nafar (6,7%) onada kindik o‘ralishi bilan tug‘ish kuzatilgan. Nazorat guruhidagi bolalar onalarida bu ko‘rsatkichlar quyidagicha bo‘ldi: 22 nafar (44%) onada homiladorlikning erta va kechki davrlarida toksikoz, 15 nafar (30%) onada kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ish kuzatildi, 25 nafar (50%) chaqaloqda kindik o‘ralishi qayd etildi, yondosh kasalliklari bo‘lgan onalar soni 18 nafarni (36%) tashkil etdi va 1 nafar (2%) ayolda muddatidan oldin tug‘ish holati kuzatildi. Homiladorlikning kechmasligi, onadagi yondosh kasalliklar, patologik tug‘uruq asoratlari bola salomatligiga ta’sir qilib, premorbid fon kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi va bularning barchasi ko‘kyo‘talning og‘ir kechishiga olib kelishi mumkin.

ko‘kyo‘talhomiladorlikbolalaryondosh kasalliklar

Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.

Цитата алуу

APA 7
Raxmatullayeva, Shaxnoza & Faxriddinova, Dilafruz (2026). HOMILADORLIK PATOLOGIYASI, ONADAGI KASALLIKLAR VA BOLALARNING KO‘KYO‘TALGA MOYILLIGI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3), 93-100.
GOST R 7.0.5
Raxmatullayeva, Shaxnoza, Faxriddinova, Dilafruz HOMILADORLIK PATOLOGIYASI, ONADAGI KASALLIKLAR VA BOLALARNING KO‘KYO‘TALGA MOYILLIGI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. 2026. Т. 2. № 3. С. 93-100.
BibTeX
@article{shaxnoza2026,
  author  = {Raxmatullayeva, Shaxnoza and Faxriddinova, Dilafruz},
  title   = {HOMILADORLIK PATOLOGIYASI, ONADAGI KASALLIKLAR VA BOLALARNING KO‘KYO‘TALGA MOYILLIGI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year    = {2026},
  volume  = {2},
  number  = {3},
  pages   = {93-100}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Raxmatullayeva, Shaxnoza
AU  - Faxriddinova, Dilafruz
TI  - HOMILADORLIK PATOLOGIYASI, ONADAGI KASALLIKLAR VA BOLALARNING KO‘KYO‘TALGA MOYILLIGI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK
JO  - Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
PY  - 2026
VL  - 2
IS  - 3
SP  - 93
EP  - 100
ER  -