Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-jild 3-son (2026) · 145-151-betlar
IMMUNIZATSIYA QILINGAN TAJRIBA QUYON MODELIDA BRUTSELLYOZ TA’SIRIDA TALOQDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Qo‘ziyev, Otabek, Yusupov, Akmal
Annotatsiya
Immunizatsiya qilingan tajriba quyon modelida Brucella abortus 19 shtammining tirik vaksinasi ta’sirida taloqdagi patomorfologik o‘zgarishlar o‘rganildi. Tadqiqotda vazni 3,0–3,5 kg bo‘lgan 12 ta quyon 4 guruhga taqsimlanib, turli sxemalar asosida (Freynd adyuvanti bilan va sof vaksina) 4 marta immunizatsiya qilindi. Taloq to‘qimalarining gistologik tekshiruvida (gematoksilin-eozin bo‘yash) limfoid to‘qimalarning giperplaziyasi, limfo-gistiotsitar infiltratsiya, mikrogranulyomalar hosil bo‘lishi, makrofaglar faolligining oshishi hamda retikuloendotelial tizim hujayralarining proliferatsiyasi kuzatildi. Aniqlangan morfologik o‘zgarishlar Brucella abortus 19 shtammining immunogenligini hamda brutsellyoz infeksiyasi patogenezida taloqning muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi
Brucella abortus 19brutsellyozimmunizatsiyashtamm
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.