Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Том 2 № 3 (2026) · с. 164-168
O’TKIR ICHAK INFEKTSIYALARINING ETIOLOGIK STRUKTURASI VA EPIDEMIOLOGIK JARAYONLARINING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI
Aknazarova, Dilfuza
Аннотация
Maqolada o’tkir ichak infektsiyalarining (O’II) zamonaviy bosqichdagi kechish xususiyatlari, qo’zg’atuvchilarning turlararo o’zgarishi va epidemiologik jarayonning dinamikasi tadqiq etilgan. Ushbu tadqiqot zamonaviy infektologiyaning dolzarb muammolaridan biri — o‘tkir ichak infektsiyalari (O‘II) etiologik strukturasining transformatsiyasi va epidemiologik jarayonning o‘zgaruvchan dinamikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. So‘nggi o‘n yillikda O‘II kechishida kuzatilayotgan klinik-epidemiologik xususiyatlar, xususan, qo‘zg‘atuvchilarning turlararo almashinuvi va patogenlar orasidagi o‘zaro nisbatning o‘zgarishi va polimeraza zanjir reaktsiyasi (PZR) usulining tashxisdagi sezuvchanligi va o’ziga xosligi bakteriologik usullar bilan qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar virus-bakterial assotsiatsiyalarning ortib borayotganini va tashxislash algoritmini modernizatsiya qilish zarurligini ko’rsatadi. Tadqiqot xulosalari amaldagi tashxislash algoritmlarini modernizatsiya qilish, epidemiologik monitoring tizimiga molekulyar-genetik usullarni keng joriy etish va asossiz etiotrop terapiyaning oldini olish zarurligini ilmiy jihatdan isbotlaydi. Olingan ma'lumotlar sog‘liqni saqlash tizimida O‘II profilaktikasi va nazorati samaradorligini oshirish uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O’tkir ichak infektsiyalarirotavirusPZR tashxisepidemiologik monitoringantibiotikorezistentlik
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.