Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-tom 3-san (2026) · 203-210-betler
ANTIBAKTERIAL VOSITALARNING SURUNKALI PIYELONEFRITNI DAVOLASHDAGI FARMAKOEKONOMIK TAHLILI VA ANTIMIKROB CHIDAMLILIKNI NAZORAT QILISH MASALALARI (XORAZM VILOYATI AYRIM STATSIONARLARI MISOLIDA)
Axmedova, Nazakat, Ismoilov, Soloy
Annotaciya
2019 yil davomida Xorazm viloyatining uchta DPMda surunkali piyelonefritni davolashda qo‘llanilgan antibakterial vositalarning farmakoekonomik tahlili o‘rganilganida, ularning katta qismi bemorlarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan xarid qilinganligi aniqlandi. Bu narsa tadqiqot olib borilayotgan shifoxonalarda dori ta’minotining yetishmovchiliklarini ko‘rsatibgina qolmasdan, antimikrob chidamlilikni nazorat qilish va infeksiyalarni samarali davolashda tizimli choralarni amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi. O‘tkazilgan ABC/VEN tahlil natijalari esa surunkali piyelonefritni davolashda ishlatiladigan antibakterial vositalarni tanlash va ulardan foydalanish jarayonini optimallashtirish zarurligini ko‘rsatgan holda, ular resurslarni rasional taqsimlashda, antibiotiklarga chidamlilikni kamaytirishda va yuqumli kasalliklarni davolashda farmakoekonomik samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi
antibakterial vositalarantimikrob chidamliliksurunkali piyelonefritfarmakoekonomika
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.