Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-tom 3-san (2026) · 228-236-betler
BAKTERIAL MENINGIT BILAN KASALLANGAN BOLALARNI DAVOLASHDAGI YANGICHA YONDASHUV: REABILITATSIYA QILISH VA DISPANSER KUZATUVI
Djumaeva, Nasiba
Annotaciya
Maqolada 2023-2025 yillarda Samarqand Viloyat Yuqumli Kasalliklar Klinik Shifoxonasining reanimatsiya bo'limiga yotqizilgan bolalarni davolash tajribasiga asoslanib, o'tkir meningitning turli shakllarining etiologiyasi, patogenezi, klinik ko'rinishlari, diagnostika mezonlari, intensiv terapiya natijalari, o'limga olib keladigan natijalari tahlili keltirilgan. Bakterial meningitlar (BM) bolalarda uchraydigan eng og'ir neyroinfektsiyalardan biri bo'lib, bu o'lim va nogironlikka olib keluvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. Etiotrop davo choralarining yutuqlariga qaramay, kasallik o’tkizgan bolalarning 20-50 foizida kechki nevrologik, kognitiv va sezgi tizimidagi asoratlar yuzaga kelmoqda. Ushbu maqolada BM bilan og'rigan bolalarni keng qamrovli reabilitatsiya qilish va klinik kuzatuvga zamonaviy yondashuvlar tizimlashtirilgan. Bunda o'tkir bosqichda reabilitatsiya choralarini erta boshlash zarurligi, ularning uzluksizligi va ko'p tarmoqli yo’nalishlari aytib o’tilgan. Nevrolog, otolaringolog, psixolog, audiolog va fizioterapevt ishtirokidagi tuzimli kuzatuv dasturi taqdim etiladi. O'z vaqtida va etarli darajada reabilitatsiya yordami uzoq muddatli kuzatuv bilan birgalikda nogironlikni minimallashtirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishining kalitidir.
bakterial meningitbolalaruzoq muddatli oqibatlarneyroreabilitatsiyadispanser kuzatuviko'p tarmoqli yondashuv
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.