Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Том 2 № 3 (2026) · с. 237-241
ODAMLARDA UCHRAYDIGAN ASOSIY GELMINTOZLAR VA ULARNING PROFILAKTIKASI
Faridova, Dinora, Mengliyeva, Fazilat Bonu, Samandarova, Barno
Аннотация
Gelmintozlar dunyo miqyosida dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib, ayniqsa sanitariya-gigiyena sharoitlari yetarli darajada ta’minlanmagan hududlarda keng tarqalgan. Maqolada askaridoz, enterobioz, trixotsefalez, exinokokkoz va tenioz kabi asosiy gelmintozlarning yuqish yo‘llari, klinik belgilari va asoratlari tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gelmint infeksiyalari organizmda surunkali yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi, immun tizim faoliyatini susaytiradi va ayniqsa bolalar hamda immuniteti past shaxslarda og‘ir kechadi. Shuningdek, maqolada gelmintozlarni oldini olishda gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichimlik suvi sifatini nazorat qilish va aholi o‘rtasida sanitariya-ma’rifiy ishlarni kuchaytirishning ahamiyati asoslab berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, profilaktik chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirish orqali gelmintozlar tarqalishini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.
Gelmintozlaraskaridozenterobioztrixotsefalezexinokokkoz
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.