Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Volume 2 Issue 3 (2026) · pp. 249-258
METABOLIK SINDROMLI O‘SMIRLARDA O‘TKIR ICHAK INFEKSIYALARI
Ganiyeva, Saida, Razzakova, Shirin, Ubbiniyazova, Kamila
Abstract
Tadqiqotda metabolik sindrom (MS) mavjud o‘smirlarda o‘tkir ichak infeksiyalarining (OII) klinik kechish xususiyatlari o‘rganildi. 2021–2024 yillarda RSNPMTsEMIPZning ichak infeksiyalari bo‘limi hamda reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan 6 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan 532 nafar bemor tekshirildi. Taqqoslama tahlil uchun uchta guruh shakllantirildi: OII va MS mavjud o‘smirlar (n=86), OII bo‘lgan, ammo MS kuzatilmagan o‘smirlar (n=78) hamda amalda sog‘lom o‘smirlar guruhi (n=60). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, MS mavjud o‘smirlarda OIIning gastroenterit va gastroenterokolit shakllari, shuningdek og‘ir suvsizlanish holatlari ishonchli darajada ko‘proq qayd etilgan. Asosiy guruhda sutkasiga 10 martadan ortiq diareya kuzatilish chastotasi MSsiz o‘smirlarga nisbatan 3,5 barobar yuqori bo‘lgan. Klinik belgilar yanada yaqqol namoyon bo‘lishiga qaramay, har ikki guruhda o‘rtacha gospitalizatsiya davomiyligi sezilarli farq qilmagan. Olingan natijalar metabolik sindrom o‘smirlarda o‘tkir ichak infeksiyalarining yanada og‘ir va keng tarqalgan kechishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatadi.
o‘tkir ichak infeksiyalarimetabolik sindromo‘smirlargastroenteritgastroenterokolit
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.