Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Том 2 № 3 (2026) · с. 259-265
BOLALARDA LYAMBLIOZNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA MOLEKULYAR DIAGNOSTIKA USULLARINING QIYOSIY SAMARADORLIGI
Gapparova, Guli
Аннотация
Bolalarda lyamblioz yuqori klinik ahamiyatga ega bo‘lib, jismoniy rivojlanishning sekinlashuvi, tana vazni yetishmovchiligi, mikroelementlar (temir, rux, vitamin D) defitsiti va kognitiv funksiyalar pasayishi bilan bog‘liq. Tadqiqotning maqsadi bolalarda Giardia lamblia invaziyasining klinik xususiyatlarini o‘rganish hamda erta diagnostikada laborator va molekulyar usullar samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotga 7–14 yoshdagi 85 nafar bola kiritildi: asosiy guruh (n=60) va nazorat guruhi (n=25). Klinik baholash, umumiy laborator tahlillar (qon, ferritin, vitamin D) va diagnostik usullar (mikroskopiya, ELISA, PCR) qo‘llanildi. Statistik tahlil χ² testi yordamida amalga oshirildi (p<0,05). Natijalarga ko‘ra, invaziya bo‘lgan bolalarda gastrointestinal simptomlar, anemiya, ferritin va vitamin D pasayishi ko‘proq kuzatildi. Diagnostik samaradorlik PCRda 100%, ELISAda 93,3%, mikroskopiyada 76,7% ni tashkil etdi. Xulosa: Giardia lamblia invaziyasi ko‘p tizimli o‘zgarishlar bilan kechadi va erta tashxisda PCR eng yuqori diagnostik aniqlikka ega.
Giardia lamblialyambliozbolalarPCR diagnostikabola
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.