Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Volume 2 Issue 3 (2026) · pp. 293-297
SAMARQAND VILOYATIDA YUQUMLI KASALLIKLAR TUFAYLI NOGIRONLIKNING EPIDEMIOLOGIK PROFILI VA JAMOAT SALOMATLIGI UCHUN AHAMIYATI
Ismatova, Umida, Zokirov, Vohid
Abstract
Mazkur tadqiqotda Samarqand viloyati tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TIEK) ma’lumotlari asosida yuqumli va parazitar kasalliklar (MKB-10: A00–B99) tufayli nogironlikning epidemiologik profili tahlil qilindi. 110 885 nafar nogironlikka ega shaxslar bazasidan 3954 nafar yuqumli kasalliklar tufayli nogironlikka ega bemor aniqlandi. Sil kasalligi (63,1%), OIV infeksiyasi (21,5%) va poliomiyelit oqibatlari (12,2%) asosiy sababchilar sifatida aniqlandi. Erkaklar ustunligi (53,8%), 45–59 yosh guruhining ko’pligi (36,9%) va qishloq aholisining yuqori ulushi (76,8%) kuzatildi. Natijalar yuqumli kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi dasturlarini takomillashtirish zarurligini ko’rsatadi.
yuqumli kasalliklarnogironliksil kasalligiOIV infeksiyasipoliomiyelit
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.