Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Ҷилди 2 № 3 (2026) · Саҳифаҳои 348-353
BOLALARDA O‘TKIR ICHAK INFEKSIYALARINING RIVOJLANISHINING IMMUNOLOGIK ASOSLARI
Kurbanova, Nodira, Ollanazarova, Shahnoza
Аннотатсия
Mazkur maqolada bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalarining (O‘II) rivojlanish mexanizmlari chuqur tahlil qilinib, ularning immunologik asoslari va patogenezidagi yetakchi omillar kompleks yondashuv asosida yoritildi. Xususan, ichak shilliq qavatining ko‘p bosqichli himoya tizimi epitelial to‘siq, mukozal immunitet komponentlari hamda mahalliy immun javob mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asosda bayon etildi. Maqolada sekretor immunoglobulin A (sIgA) ning patogen mikroorganizmlarga qarshi himoyadagi roli, uning ichak yuzasida patogenlarni neytrallash va adgeziyasini cheklashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, hujayraviy immunitet elementlari, jumladan T- va B-limfotsitlar faoliyati, makrofaglar va dendrit hujayralarning antigen taqdim etishdagi funksiyalari keng tahlil qilindi. Sitokinlar tizimining (interleykinlar, interferonlar va boshqa mediatorlar) yallig‘lanish jarayonini boshqarishdagi o‘rni ham ilmiy dalillar asosida ochib berildi. Bundan tashqari, ichak mikrobiotasining muvozanati va uning immun tizim shakllanishidagi ahamiyati, disbioz holatlarida esa infeksiyalarga moyillikning ortishi alohida ko‘rsatib o‘tildi. Tadqiqot natijalari bolalar organizmida immun tizimning morfologik va funksional jihatdan to‘liq yetilmaganligi sababli O‘II ga nisbatan yuqori sezuvchanlik mavjudligini tasdiqlaydi. Maqolada, shuningdek, o‘tkir ichak infeksiyalarini oldini olish va davolashda zamonaviy yondashuvlar ratsional ovqatlanish, probiotik va prebiotiklardan foydalanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda immunoprofilaktikaning ahamiyati asoslab berilgan. Ushbu natijalar bolalarda O‘II ni erta aniqlash, samarali profilaktika qilish va kompleks davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
o‘tkir ichak infeksiyasibolalarimmunitetmukozal immunitetsekretor Ig sitokinlar
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.