Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-jild 3-son (2026) · 359-364-betlar

GRIPPGA QARSHI VAKSINATSIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Masharipova, Shoxista

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Gripp dunyo miqyosida keng tarqalgan va yuqori kontagiozlikka ega bo‘lgan yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, u sog‘liqni saqlash tizimiga katta epidemiologik hamda iqtisodiy yuk tushiradi. Mavsumiy epidemiyalar davrida aholi orasida kasallanish, asoratlar va gospitalizatsiya holatlarining oshishi kuzatiladi, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi aholi qatlamlarida. Shu bois grippga qarshi vaksinatsiya eng samarali spetsifik profilaktika usuli sifatida qaraladi. Ushbu maqolada 2023–2024 yilgi epidemik mavsumda 122 nafar ishtirokchi orasida grippga qarshi vaksinatsiyaning samaradorligi, immunogenligi va xavfsizligi baholandi. Ishtirokchilar ikki guruhga ajratildi: vaksinatsiya qilinganlar va nazorat guruhi. Ular epidemik mavsum davomida klinik kuzatuv va laborator tekshiruvlar orqali monitoring qilindi. Immunologik tahlil doirasida vaksinatsiyadan oldin va keyin antitanachalar darajasi serologik usullar yordamida aniqlandi. Olingan natijalar vaksinatsiya qilingan guruhda gripp va grippga o‘xshash kasalliklar, shuningdek ular bilan bog‘liq asoratlar sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari grippga qarshi vaksinatsiyaning yuqori samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlab, uni aholi orasida keng joriy etish kasallanish va asoratlarni kamaytirishda, shuningdek barqaror jamoaviy immunitetni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

grippvaksinatsiyaimmunitetimmunogenlikprofilaktika

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Masharipova, Shoxista (2026). GRIPPGA QARSHI VAKSINATSIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3), 359-364.
GOST R 7.0.5
Masharipova, Shoxista GRIPPGA QARSHI VAKSINATSIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. 2026. Т. 2. № 3. С. 359-364.
BibTeX
@article{shoxista2026,
  author  = {Masharipova, Shoxista},
  title   = {GRIPPGA QARSHI VAKSINATSIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year    = {2026},
  volume  = {2},
  number  = {3},
  pages   = {359-364}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Masharipova, Shoxista
TI  - GRIPPGA QARSHI VAKSINATSIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
JO  - Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
PY  - 2026
VL  - 2
IS  - 3
SP  - 359
EP  - 364
ER  -